
"PSJ" "Istanbul" bahsi rasmiylari tasdiqlandi: Bu safar zaxira hakamiga qo‘shimcha arbitr biriktirildi
Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan "PSJ" - "Istanbul" bahsi bugun davom ettiriladigan bo‘ldi.
Kechagi o‘yinning 13-daqiqasida Kamerun terma jamoasining sobiq hujumchisi Per Vebo irqchilikka duch kelgan va to‘rtinchi hakamga zarba bergan edi. Shundan so‘ng, Vebo maydondan chetlashtirildi, bu esa istanbulliklarning noroziligiga sabab bo‘lgan va barcha futbolchilar maydonni tark etishi sabab o‘yin to‘xtatilgan edi.
Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:55 da davom ettiriladi. Uni niderlandiyalik hakam Danni Makkeli boshqarib boradi, unga qanotlarda – Mario Diks (Niderlandiya) va Marchin Bonek (Polsha) yordam berishadi.
Zahira hakami Bartosh Frankovski (Polsha), VARda – Marko Di Bello (Italiya) va Mauritsio Mariani ( – Italiya) ishlashadi.
Shuningdek, Yakub Vinkler qo‘shimcha hakam sifatida o‘yinga jalb qilinadi.
Fikrlar