PSJ jamoasi “Borussiya D” yarim himoyachisini ko‘z ostiga olib qo‘ydi
Frantsiyaning “PSJ” jamoasi bosh murabbiyi Unai Emeri “Borussiya D” yarim himoyachisi Kristian Pulishich xizmatlariga muhtojlik sezmoqda.
Bild nashrining ma’lum qilishicha, parijliklar futbolchi uchun katta summa to‘lashga tayyor, ammo dortmundliklar xorvatiyalik yarim himoyachini qo‘yib yuborish niyatida emas.
Avvalroq iqtidorlik yarim himoyachining xizmatlariga “Liverpul” klubi qiziqish bildirgandi.
Joriy mavsumda Kristian Pulishich Germaniya chempionatida 9 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli pasga mualliflik qildi.



Fikrlar