PSJ katta transferga qo‘l urdi

  • 25 may, 2021, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Chempionlikdan quruq qolgan PSJ rahbariyati  yozgi transferlar vaqtida tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishga qaror qildi. Xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozonishi kutilgan parijliklar yulduz futbolchilarni jamlaganiga qaramay, ichki chempionatda ham raqobatga dosh berolmadi.

Ayni paytda PSJ maydon markazida etakchilik qiladigan yarim himoyachiga ehtiyoj sezmoqda va shu maqsadda “Napoli” o‘yinchisi Fabian Ruisni olishni rejalashtirmoqda.

25 yoshli ispaniyalik futbolchining xaridorlari ko‘payib ketgan. Parijliklar uni olib kelish uchun “Barselona”, “Real”, “Atletiko” kabi ispan klublari bilan raqobatlashishi kerak bo‘ladi.

“Napoli” o‘z etakchisini qo‘yib yuborishga tayyor. Buning uchun xaridor klublar neapolliklarga kamida 50 million evro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Ruis joriy mavsumda A Seriyada 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
26/05/2021 15:51
shu klub. manga qolsa. Krish Messi bir uynatsa zur bulardida lekin. MBabbi. sotsa. hujimga Neymer Krish Messi. uynatsa tarihka kerardi lekin. urtaga lekin tezkor uyinchilarni olish kerak buladida himoyalanishka yordom kam tegadi lekin. 3lasini. shunga orqaga himiyaga mayil uyinchila olish kerak buladi.