
PSJ kompensatsiya to‘lashi lozim
PSJdan iste’foga chiqarilgan Tomas Tuxel jamoadan 7 mln evro miqdorida kompensatsiya oladi. Bu haqida "Le Parisien" xabar bermoqda.
Parij klubi germaniyalik mutaxassis bilan amaldagi shartnomasi tugashidan 6 oy avval xayrlashgani uchun ma’lum miqdorda pul to‘lashi lozim. Parijliklar Tuxelni Frantsiya chempionati 17-turidan o‘rin olgan "Strasburg"ga qarshi (4:0) bellashuvdan keyin ishdan bo‘shatishga qaror qildi.
47 yoshli murabbiy PSJ boshqaruviga 2018 yilda kelgan edi. Bu vaqt oralig‘ida u ikki martadan Frantsiya chempionati va Superkubogi g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, kubok va liga kubogida ham zafar quchgan.
Fikrlar