
PSJ: Mbappe o‘rniga superto‘purarlar keladi!
“PSJ” rahbariyati asosiy to‘purar Kilian Mbappeni ushlab qolishning imkoni topilmasa, uning o‘rniga mashhur hujumchilardan birini olib kelishni rejalashtirmoqda.
ESPN jurnalistlarining ma’lum qilishicha, parijliklar katta mablag‘ sarflab bo‘lsa-da, “Liverpul”dan Muhammad Saloh yoki “Bavariya”dan Robert Levandovskini transfer qilmoqchi.
PSJ nishonida turgan har ikki o‘yinchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadi va ular hali o‘z klublari bilan yangi kelishuv tuzgani yo‘q.
Joriy mavsumda Mbappe jami 35 ta, Muhammad Saloh 30 ta, Robert Levandovski 49 ta to‘p kiritdi.
Fikrlar