
PSJ Mbappega o‘rinbosar izlamoqda. Variantlar orasida "Napoli" vakili ham bor
PSJ keyingi yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Kilian Mbappega o‘rinbosar izlamoqda. Variantlar orasida "Napoli" vakili Xvich Kvaratsxeliya ham bor, deya xabar berdi "90 MIN" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, agarda frantsiyalik hujumchi jamoada qolmasa, parijliklar 22 yoshli vinger uchun harakat qilishni boshlaydi. Unga qiziqish bildirayotgan klublar orasida "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kabi jamoalar bor.
Avvalroq, Xvicha "Napoli" bilan shartnomani yangilashi borasida mish-mishlar tarqalgandi. Yangi bitim 2028 yilgacha amal qiladi. Shunday bo‘lsada, Kvaratsxeliya kelasi yozda top klubga o‘tish ehtimoli yuqori.
Fikrlar