PSJ Mbappega yangi shartnoma taklif qildimi? Futbolchining o‘zi javob berdi

  • 1 aprel, 2021, 14:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe terma jamoa yig‘ini doirasida jurnalistlarning savollariga javob berar ekan kelajagi borasidagi masalalarga oydinlik kiritdi:

Tecno

"Ayni vaqtda menga klub tomonidan hech qanday taklif bo‘lmadi. Yangi shartnoma masalasida hech qanday oldinga siljish ko‘rmayapman. Albatta, jamoam menga taklif bilan chiqsa, uni ko‘rib chiqaman. Ammo buning uchun, avvalo, fikrimni bir joyga jamlab olishim kerak. 

Atrofdagilarning tinimsiz sen haqingda gapirishi, tanqid qilishi charchatadigan jarayon. Klub va terma jamoada bir xilda ter to‘kib, mehnat qilasan - odamlar seni ishtiyoqsizlikda ayblaydi. Buni qabul qilish og‘ir. 

Chetda faoliyat olib boruvchi va terma jamoaga FIFA kunlarida etib keluvchi futbolchilarning vaziyati tushunarli. Men esa doim shu erdaman. O‘zim haqimdagi gaplarni qolganlardan ko‘proq eshitaman", - deydi Mbappe. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!