PSJ Mbappeni dahshatli summaga sotadigan bo‘ldi
PSJ va Kilian Mbappe o‘rtasidagi vaziyat tez o‘zgarmoqda. O‘zaro tortishuvlardan keyin tomonlar bir to‘xtamga kelgan edi.
Klub futbolchiga mashg‘ulotlar va o‘yinlarda qatnashishga ruxsat berdi. Mbappening o‘zi amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazishga rozi bo‘ldi.
Shunga qaramay, PSJ xo‘jayinlari yozgi transferlar bozori yopilguniga qadar 24 yoshli hujumchini sotib yuborishga tayyor ekanini bildirdi.
AS nashrining ta’kidlashicha, parijliklar Mbappeni 250 million evroga baholanmoqda. PSJ xo‘jayinlari hamon “Real”dan taklif kutyapti. Agar madridliklar Kilianni olishga qaror qilsa, PSJ aytgan summani to‘lashi kerak.
Ikkinchi tomondan PSJ mutasaddilari futbol vakillari bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokarani davom ettirmoqda. Har ikki holatda PSJ katta miqdorda pul ishlab olish yo‘lini qo‘llaydi.

Fikrlar