PSJ Mbappeni kimga almashtirishi ma’lum bo‘ldi

  • 27.10.2021 12:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ Kilian Mbappeni ushlab qola olmasligiga amin bo‘ldi va endi bu vaziyatdan maksimal darajada foyda olishga harakat qiladi.

Frantsiyalik hujumchining o‘zi anchadan beri “Real”da to‘p tepishni orzu qilmoqda. “Qirollik klubi” ham uni yozgi transferlar davrida asosiy nishon sifatida belgilagan.

Buni inobatga olgan parijliklar Madrid superklubidan braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni berishni so‘ramoqchi. Bu variant “Real”ni qanoatlantirmasa kerak. Chunki, “Qirollik klubi” yozda parijliklarga 170 million evro taklif qilganida ular Mbappeni berishga rozi bo‘lmadi.

Endi “Real” yana yarim yil kutib, Mbappeni erkin agent sifatida qo‘lga kiritishi haqiqatga yaqinroq.

PSJ qiziqayotgan Vinisius Juniorning esa madridliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Joriy mavsumda to‘qqizta uchrashuvda beshta gol urgan hujumchining transfer summasi 50 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!