PSJ Mbappeni olib qolishning antiqa usulini topdi

  • 3 aprel, 2022, 16:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yulduzi Kilian Mbappe faoliyatini boshqa jamoada davom ettirmoqchi.

Tecno

"L’Equipe" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, rahbariyat frantsiyalik futbolchini olib qolish uchun unga sardorlik bog‘ichini berishga ham tayyor. Ular bu yo‘l Mbappening fikrini o‘zgartira olishiga ishonmoqda.

Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi "Real"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng ayni paytdagi sardor Markinosning jamoadagi mavqeyi tushgan. Parijliklar bir o‘q bilan ikki qo‘yonni urmoqchi.

Ma’lumot uchun, Kilian 2017 yildan beri PSJ sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu vaqt oralig‘ida u 208 uchrashuvda maydonga tushib, 158 ta gol va 78 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!