
PSJ Mbappeni tekinga qo‘yib yubormaslik uchun, shu ishni qilmoqchi
PSJ jamoasi yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan Mbappe bilan shartnoma imzolashga umid qilmoqda.
Klub sport direktori Leonardo uning atrofidagilar bilan doimiy aloqada. Parijliklar frantsuzni jamoada qolishga ko‘ndirmoqchi. Unga PSJ loyihasida asosiy rol kafolatlangan.
U ketgan taqdirda ham Pari Sen-Jermen 22 yoshli futbolchiga boshqa klubga qo‘yib yuborish sharti bilan qisqa muddatli shartnoma taklif qilmoqchi. Sababi, klub Mbappe transferidan pul ishlab olish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, iqtidorli vingerga ayni damda asosiy da’vogar Madridning "Real" jamoasi hisoblanadi.
Fikrlar