PSJ Messiga "Barselona"dan o‘rinbosar topdi

  • 01.04.2023 15:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" vingeri Usmon Dembele Evropaning boshqa top-klubiga o‘tishi mumkin. "El Nacional" nashri xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi PSJning transfer maqsadiga aylangan. Parijliklar Lionel Messini saqlab qololmasa, Dembeleni sotib olishga harakat qiladi. 35 yoshli argentinalik futbolchining shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.

Avvalroq, Usmonga Myunxenning "Bavariya" klubidan qiziqish borligi ma’lum bo‘lgandi. Futbolchining transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum La Ligada 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!