PSJ Messiga shartini aytdi

  • 14.09.2022 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ rahbariyati argentinalik hujumchi Lionel Messiga yangi shartnoma taklif qilish rejasini ishlab chiqdi. Messi yangi bitim olishi uchun poytaxt klubi o‘rtaga qo‘yayotgan shart ham aytildi.

Argentinalik hujumchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Parijliklar o‘zaro hamkorlikni yana ikki mavsumga uzaytirishga tayyor. Buning uchun Lionel Messi o‘yinini hozirgi darajasidan pastaytirib yubormasligi kerak.

Messi joriy mavsumda barcha turnirlarda to‘qqizta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta gol va ettita assist qayd etdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, “Barselona” rahbariyati o‘z tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Messini Kataloniyaga qaytarishga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!