PSJ Messini jazoladi

  • 3 may, 2023, 06:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq xabar berganimizdek, Messi PSJdan ruxsatsiz oilasi bilan Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan. Hujumchining bu ishi parijliklarga yoqmadi va uni jazoladi. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, Messi ikki hafta klub mashg‘ulotlari va o‘yinlarida qatnasha olmaydi. Shu bilan birgalikda Lionel 14 kunlik maoshidan ham ayriladi. U "Trua" va "Ayachcho"ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi. 

"RMC Sport" nashri xabar berishicha, Messi endi qaytib PSJ formasini kiymaydi, ya’ni u jamoani tark etishi deyarli hal bo‘lgan. Ammo argentinalik futbolchi "Barsa"ga o‘ta olmasligi ham mumkin. Sababi, La Liga hali mazkur transferni amalga oshirishga ruxsat bergani yo‘q. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!