
PSJ muxlislari uchun zo‘r xushxabar!
PSJ himoyachisi Markinos jarohatidan sog‘ayib safga qaytdi va umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda frantsuz nashrlari xabar tarqatmoqda.
26 yoshli braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “Bavariya”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. Shundan buyon u birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q.
Markinosda 28 aprel kuni “Manchester Siti”ga qarshi bo‘ladigan Chempionlar ligasi yarim final dastlabki bahsida ishtirok etish imkoniyati mavjud.
Markinos joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar