
PSJ Neymar evaziga "Barselona"dan 3 ta futbolchi so‘ramoqda. Ular kimlar?
PSJ klubi rahbariyati braziliyalik hujumchi Neymarning evaziga "Barselona"dan 3 ta futbolchi talab qilmoqda.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, parijliklar tarkibda frantsuz futbolchilarining soni ko‘payishini xohlashmoqda va shu bois “ko‘k-anor ranglilar”dan Neymar evaziga Usmon Dembele, Jan-Kler Todibo va Samyuel Umtitini berishni so‘ramoqda.
Aytish kerakki, hozirgi transfer bozorida Neymarning narxi 128 millionga, Dembeleniki 56 millionga, Todiboniki 9 millionga, Umtitiniki esa 32 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar