
PSJ Neymar xizmatini A seriya grandiga taklif qildi
Braziliya terma jamoasi va PSJ klubi hujumchisi Neymar yozgi transfer oynasi vaqtida Parij klubini tark etishi mumkin. “Calciomercato” nashri xabariga ko‘ra, frantsuz klubi yangi sport direktori Luis Kampos “Yuventus”ga forvard xizmatini taklif qildi.
Liga 1 chempioni futbolchini 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha “keksa sinora”ga ijaraga berishga tayyor. Shu bilan birga, parijlik 30 yoshli hujumchi maoshining bir qismini to‘lashni ham o‘z zimmasiga olmoqchi ekanligini bildirgan.
Uning PSJ bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Neymar klub safida 144 ta o‘yinda qatnashib, 100 ta gol va 60 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar