PSJ osonlik bilan g‘alaba qozondi
Frantsiya chempionati 5-turidan o‘rin olgan PSJ - "Klermon" bahsi biroz avval o‘z yakuniga etdi. Gollarga boy bo‘lgan bahsda faqat bir jamoa darvozasi ishg‘ol etildi.
O‘yinning 20 daqiqasida Ander Errera hisobni ochdi. Biroz o‘tib, uning o‘zi hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida Mbappe tablodagi hisobni yiriklashtirdi. Idrissaning 65-daqiqada o‘rgan goli esa parijliklar uchun so‘nggisi bo‘ldi.
Mazkur natijadan so‘ng, Pochettino shogirdlari 15 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. 3-pog‘onadagi "Klermon" 8 ochko jamg‘argan.
Fikrlar