
PSJ prezidenti Mbappening ketishi haqidagi savollarga javob berdi
PSJ klubi prezidenti Nosir al-Xelayfi futbolchi Kilian Mbappening jamoani tark etishi mumkinligi borasidagi savollarga javob berdi.
"Mbappe bir necha oy oldin PSJ bilan shartnomasini uzaytirdi. U klub loyihasining bir bo‘lagi. Kilian bundan xursand va menimcha, u ketish haqida o‘ylamayapti", - dedi klub prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, bugun Frantsiya terma jamoasi a’zosi Mbappe PSJdagi sherigi Lionel Messi boshchiligidagi Argentinaga qarshi bahs olib boradi. G‘olib Jahon chempionati kubogiga ega chiqadi.
Fikrlar