
PSJ qoldirilgan o‘yinda turk klubi darvozasiga 5 ta gol urdi. Neymardan xet-trik, Mbappedan dubl (video)
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich so‘nggi 6-turida PSJ o‘z maydonida Turkiyaning “Istanbul Bashakshexir” klubini qabul qildi.
Kecha irqchilik tufayli qoldirilgan ushbu bellashuv bugun davom ettirildi. Parijda kechgan o‘yin gollarga boy bo‘ldi va PSJning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Frantsiya chempioni safida Neymar (21', 38', 50') xet-trik, Kilian Mbappe (42', 62') dubl qayd etdi. Mehmonlar safida yagona gol muallifi Mexmet Topal (57') bo‘ldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar