
PSJ Reshfordni sotib olish fikridan qaytgan yo‘q!
Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford hamon PSJ qiziqishlari doirasida. Bu haqda "Sport" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, frantsuz grandi rahbariyati britaniyalik futbolchining transferini rad etmagan va parijliklar yozda yana bir Reshfordni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
26 yoshli forvardning "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan va uning transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda.
Angliya Premer-ligasining joriy sonida Markus 22 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar