
PSJ tarixidagi eng yaxshi to‘purar kecha yubiley golini kiritdi
PSJ forvardi Edinson Kavani Frantsiya chempionati doirasida "Bordo"ga qarshi o‘yinda gol urishni uddalay oldi.
Bu 33 yoshli urugvaylik futbolchining parijliklar libosidagi 200-goli bo‘ldi. Bunday natijani qayd etish uchun forvardga 298 ta o‘yin o‘tkazish talab qilindi.
Kavani ushbu gollarning 138 tasini Liga 1da, 30 tasini Chempionlar ligasida, 32 tasini esa kubok bahslarida kiritgan.
Shuningdek, Kavani PSJ tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Parijliklarning eng yaxshi to‘purarlar ro‘yhati qo‘yidagicha ko‘rinish olgan:
1. Edinson Kavani – 200 golov
2. Zlatan Ibragimovich – 156
3. Pedru Pauleta – 109
4. Dominik Roshto – 100
5. Mustafa Daleb – 98
6. Fransua M’Pele – 95
7. Safet Sushich – 85
8. Kilian Mbappe – 84
9. Anxel Di Mariya – 81
10. Rai – 72.
Fikrlar