
PSJ tarkibni yoshartirish yo‘lida qator etakchilardan voz kechmoqchi
PSJ rahbariyati mavsum poyoniga etganidan so‘ng, jamoa tarkibini yoshartirishni rejalashtirmoqda.
Frantsiya matbuotiga ko‘ra, klub rahbariyati yozda shartnomasi yakunlanadigan 41 yoshli darvozabon Janluidji Buffon va himoyachi 35 yoshli Dani Alves bilan xayrlashishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan klub bu futbolchilar bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Shuningdek, klub sardori Tiago Silva ham parijliklar safini tark etishi mumkin. 34 yoshli futbolchi yaqinda Frantsiya fuqaroligin olgan edi.
Avvalroq klub mutassadilari Buffon va Alvesga yangi shartnoma taklif etishlari mumkinligi borasida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Fikrlar