
PSJ "Tottenxem"ga Drakslerni sotib olishni taklif qilmoqda
PSJ klubi yarim himoyachisi Yulian Draksler faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Star nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Frantsiya chempioni “shporlar”ga 25 yoshli nemis futbolchisini sotib olishni taklif qilmoqda. Aytish kerakki, Draksler londonliklar safidan ketishi aytilayotgan Kristian Eriksenga munosib o‘rinbosar bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Draksler yakuniga etgan mavsumda PSJ safida jami 46ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 12ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar