PSJ: U baribir ketadi!
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, PSJ mutasaddilari argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bilan xayrlashishga qaror qilgan.
Parijliklar 28 yoshli to‘purarni yanvar oyida sotib yubormoqchi. Klub bu masalada mavsum yakunlanishini kutmaydigan bo‘ldi.
Ma’lumki, Mauro Ikardining PSJga o‘tgan Lionel Messi bilan munosabati yaxshi emas. Qolaversa, poytaxt klubi tarkibida yuqori malakali hujumchilar ko‘p va u o‘zi istagan darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.
Ikardiga ayni paytda Italiya va Angliyaning etakchi klublaridan takliflar bor. Futbolchining rafiqasi va transfer agenti Vanda Nara uning A Seriyaga qaytishini istayapti.
Fikrlar