PSJ uning ketishiga ruxsat beradi

  • 29.11.2021 13:36
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino mavsum oxirida PSJni tark etishi mumkin. Bu haqda "Goal.com" nashri xabar berdi. 

Hafta boshida Parij klubi va "Manchester Yunayted" rasmiylari o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tgan. Unda parijliklar rahbariyati hozircha Pochettinoning ketishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi. 

Shunga qaramay, frantsuz klubi mavsum yakunida uning ketishiga qarshi emas. Qayd etish lozim, Maurisio ayni damda "qizil iblislar" murabbiyligi uchun ustuvor variant hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, mankunialiklarni yaqin kunlar ichida germaniyalik Ralf Rangnik qabul qilib olishi kutilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!