PSJ uning transferini to‘liq sotib olmoqchi

  • 2 aprel, 2021, 10:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati "Everton"dan ijaraga olingan hujumchi Moyze Kinni tarkibning to‘laqonli a’zosi sifatida jamoada olib qolmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi.

Aytish kerakki, italiyalik futbolchi hozirda parijliklar safida ijarada to‘p surmoqda va ijara shartnomasida Frantsiya chempioniga uni sotib olish huquqi berilmagan. Shu sababli, PSJ sport direktori Leonardo futbolchining agenti Mino Rayola bilan bog‘langan va ushbu transfer masalasini muhokama qilishni boshlagan.

Moyze Kin joriy mavsum PSJ safida jami 28 ta o‘yinda maydonga tushdi. U bu o‘yinlarda raqib darvozasiga 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bundan tashqari, PSJ safini yozda argentinalik hujumchi Mauro Ikardi tark etishi ham aytilmoqda. Uning yana Italiyaga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!