PSJ va “Bavariya” birgalikda rekord o‘rnatdi

  • 29.04.2026 07:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ va “Bavariya” oʻrtasidagi Chempionlar ligasi yarim final bahsida (5:4) jamoalar jami toʻqqizta gol urdi.

Bu musobaqa tarixida ilk bor ushbu bosqichning bir uchrashuvida klublar toʻqqizta toʻp kiritgan holat boʻldi.

Bu haqida Opta xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1959-1960 yildgi Yevropa chempionlar kubogi yarim finalida “Ayntraxht” futbolchilari “Reynjers”ni 6:3 hisobida magʻlub etgan, ammo oʻsha paytda musobaqa boshqacha formatda oʻtkazilgan edi.

Endi musobaqaning amaldagi chempioni “Pari Sen-Jermen” yana finalga chiqishi uchun Myunxenda oʻtkaziladigan javob oʻyinida durang natijani ushlab qolishi kifoya qiladi.

“Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani esa, javob oʻyinida jamoasi gʻalaba qozonib, vaziyatni oʻnglay olishiga ishonch berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!