PSJ xo‘jayini Mbappe va Neymar bo‘yicha so‘nggi qarorini aytdi
PSJ prezidenti Nasser al-Xelaifiy Evropa Chempionlar ligasining nimchorak finalida “Barselona” musobaqadan chiqarib yuborilganidan keyin ehtirosga berilib, katta va’dalar qildi.
- Men uchun Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqish sharaf. To‘rt yil oldingi mag‘lubiyatni ham unutib yubordim.
Tarixda hammasi qoladi. Biz zo‘r o‘ynadik va “Barselona”ni musobaqadan chiqarib yubordik. Kilian Mbappe va Neymar PSJ o‘yinchilaridir. Ular faoliyatining oxirigacha shu erda qoladi, - dedi al-Xelaifiy.
Jamoa etakchilari bo‘lgan Kilian Mbappe va Neymarning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Ayni paytda klub rahbariyati har ikki futbolchi bilan yangi bitim bo‘yicha muzokara o‘tkazyapti. Neymar qolishga qaror qilgan bo‘lsa, Mbappe o‘z kuchini boshqa chempionatlarda sinab ko‘rmoqchi.

Fikrlar