PSJ xo‘jayinlari Mbappeni xiyonatda ayblamoqda

  • 19.10.2022 08:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Pari Sen-Jermen” rahbariyati hujumchi kilian Mbappening o‘zini tutishidan norozi bo‘lmoqda, deb xabar bermoqda L’Equipe nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, hujumchining klub xo‘jayinlari bilan munosabati keskin yomonlashib bormoqda.

Xo‘jayinlar Mbappe mo‘may daromadli shartnoma imzolanganidan keyin jamoadan ketishni istayotganini xiyonat sifatida baholamoqda. Bundan tashqari, Kilian rahbariyatga o‘z talablari bilan bosim o‘tayotgani ham futbolchi tomonidan katta xato bo‘layotgani ta’kidlanmoqda.

Mbappe hujumda erkinroq o‘ynash uchun jamoaga Robert Levandovski olib kelinishini va Neymarning sotib yuborilishini kutgandi. Lekin klub rahbariyati bu ishni amalga oshira olmaganidan keyin frantsiyalik 23 yoshli hujumchi ochiqchasiga noroziligini namoyish etmoqda va jamoadan ketish harakatiga tushib qolgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!