PSJdan ketmasam bo‘lmaydi!

  • 2 fevral, 2022, 10:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJning asosiy darvozaboni Keylor Navas yozda klubni tark etishni mo‘ljallayapti. Kosta-rikalik posbon klub rahbariyati Maurisio Pochettino o‘rniga yangi murabbiy olib kelsa, u kelasi mavsum Janluiji Donnarummani birinchi raqam egasiga aylantirishidan xavotirlanmoqda.

Hozir Lionel Messi va Neymar boshchiligidagi janubiy amerikaliklar Navasni qo‘llab-quvvatlayapti. Buning ortidan Pochettino ko‘proq Keylorga ishonch bildirishga majbur bo‘lyapti.

35 yoshli Navas kelajakda ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa klubga o‘tishni rejalashtirmoqda. Hozirning o‘zida unga Italiya grandlari – “Milan”, “Roma” va “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Navasning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yana ikki yarim yil davom etadi. Shunday ekan, uni transfer qilmoqchi bo‘layotgan klublar badal puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!