
PSJdan Mbappe shartnomasini buzishni talab qilishmoqda!
Yozgi transferlar mavsumining eng qizg‘in muhokama qilingan mavzusi Kilian Mbappening PSJda qolgani bo‘ldi.
Frantsiyalik hujumchini olishga qattiq ishongan “Real” oxir-oqibat undan ham, “Manchester Siti”ni tanlagan Erling Xolanddan ham quruq qolib ketdi.
La Liga rahbariyati o‘shandan beri PSJning Mbappe bilan shartnomasini buzmoqchi bo‘lyapti. Ispan ligasi PSJ moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligini iddao qilmoqda.
La Liga yuristlari PSJ ustidan UEFAga shikoyat kiritgan edi. Eni ular Parij ma’muriy sudiga murojaat qildi va shu orqali Mbappening shartnomasini bekor qilinishiga erishmoqchi.
Fikrlar