PSJdan tezroq ketishim kerak!

  • 27 mart, 2022, 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” himoyachisi Ashraf Hakimi tezroq parijliklar safini tark etishni rejalashtiryapti.

Tecno

23 yoshli marokashlik futbolchi PSJ safiga o‘tgan yili yozda qo‘shilgan edi. Uning transferi uchun frantsuzlar “Inter”ga 66,5 million evro to‘lagan va o‘yinchi bilan 2026 yilning yarmigacha bitim imzolagan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Hakimiga PSJdagi janubiy amerikalik o‘yinchilarning munosabati ma’qul kelmayapti. Uning aytishicha, Lionel Messi va Neymar boshchiligidagi legionerlar u bilan aloqa qilmaydi.

Shu o‘rinda, Hakimi Messi va Neymar ashaddiy raqib sifatida qaraydigan “Real” tarbiyalanuvchisi ekani ham ularning sovuq munosabatiga asos bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!