
PSJga yana bir yulduz keladi
“Milan” jamoasining turkiyalik yulduzi Hakan Chalxano‘g‘li faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
Neymarni jamoada qolishga ko‘ndirgan PSJ endi yarim himoyani kuchaytirish uchun 27 yoshli turk futbolchisini tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Hakan ancha uzoq davom etgan muzokaralarda “Milan” bilan kelisha olmadi va mavsum yakunlanishi bilan erkin agent sifatida boshqa klublarga tekinga o‘tib ketishi mumkin.
PSJ uni bepul qo‘lga kiritishga umid qilmoqda. Turkiyalik futbolchiga “Yuventus” ham og‘iz solayotgani aytilyapti.
Chalxano‘g‘li joriy mavsumda Italiya chempionatida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi va sakkizta golli pas uzatdi.
Fikrlar