PSJning asosiy darvozaboni EChL yarim finalini o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 14 avgust, 2020, 14:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ darvozaboni Keylor Navasning Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "RB Leyptsig"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida turibdi.

Xabarlarga qaraganda, 33 yoshli posbon “Atalanta”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda mushaklaridan jarohat olgan va noma’lum muddatga safdan chiqqan. Ertaga u yana bir bor tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng uning bergamoliklarga qarshi o‘ynay olish yoki olmasligiga oydinlik kiritiladi.

PSJ - "RB Leyptsig" uchrashuvi 18 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!