Pul etmasa, bizni bezovta qilmang!

  • 28 noyabr, 2021, 10:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” Turkiya chempionatida o‘zini ko‘rsatib kelayotgan  markaziy himoyachi Attila Salaiga xaridor hisoblanadi.

“Fenerbahche” sharafini himoya qilayotgan futbolchini olish taklifini Tomas Tuxelning yordamchisi Jolt Lyov tavsiya qilgan. Vengriyalik mutaxassis o‘z hamyurtining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.

“Aristokratlar” 23 yoshli futbolchini qishki  transferlar vaqtida qo‘lga kiritmoqchi. Ular yaqinda Salaining agentlarini Londonga taklif qildi va muzokara o‘tkazdi. Tomonlar transferning barcha shartlarini kelishib oldi.

“Chelsi” mutasaddilari endi “Fenerbahche” rahbariyatini Salaini qo‘yib yuborishga ko‘ndirishi kerak. Turklar vengriyalik o‘yinchi uchun 25 million funt talab qilyapti. Londonliklarning bu summani pasaytirishga urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Attila Salai joriy mavsumda Turkiya chempionatida jami 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!