
Pul kerak: Chempion “Barsa” olti o‘yinchidan voz kechmoqda
Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Barselona” kelasi mavsum oldidan tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishga bel bog‘ladi.
Sport direktori Deku yozda hech qanday cheklovlarsiz yangi o‘yinchi olish, tarkibdagi yulduzlarning maoshiga pul topish maqsadida ayrim o‘yinchilarni sotib yuborishga qaror qildi.
Tarkib tozalash siyosatining birinchi bosqichida klubni tark etadigan olti nafar futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi.
Fichajes saytiga ko‘ra, bu ro‘yxatga Ansu Fati, Ronald Arauxo, Pau Viktor, Andreas Kristensen, Erik Garsiya va Pablo Torre kiritilgan. Ular orasida Arauxo va Garsiya boshqa klublardan yaxshi daromadli taklif tushsagina qo‘yib yuboriladi.
Avvalroq, ispan matbuoti “Barselona”da faqatgina Lamin Yamalning joyi kafolatlangani, qolgan har qanday futbolchi bo‘yicha keladigan taklif klub rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqilishi haqida ma’lumotlar tarqatgan edi.
Fikrlar