Pxyonchxan-2018: Finnlarda datslabki oltin medal
Bugun Pxyonchxan Olimpiadasida qishki sport turlarining eng qadamiy va ramziy yo‘nalishlaridan biri bo‘lmish 50 kilometrga chang‘i marafoni bo‘yicha medallar egalari aniqlandi.
Klassik usulda kechgan bellashuvda finlyandiyalik Iivo Niskanen g‘alaba qozonib, terma jamoasining musobaqadagi ilk oltin medaliga mualliflik qildi. Kumush va bronza medallari rossiyalik Olimpiadachi atletlar jamoasi (ROA) vakillari hisoblanmish Aleksandr Bolshunov hamda Andrey Larkovga nasib etdi.
Chang‘i poygasi, 50 km. Klassik usul (erkaklar):
1. Iivo Niskanen (Finlyandiya)
2. Aleksandr Bolshunov (ROA)
3. Andrey Larkov (ROA)

Fikrlar