
Pxyonchxan-2018: Mezbonlar short-trekda yana bir oltin medalni ilib ketishdi
Janubiy Koreya terma jamoasi Olimpiadaning bugungi kunida yana bir oltin medalni qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, koreyslar bu medalga yana short-trek yo‘nalishida sazovor bo‘ldi. Mezbonlar jamg‘argan 3 ta oltin medalning 2tasi aynan ushbu sport turiga to‘g‘ri keladi.
Ayollar o‘rtasida 1500 metr masofaga o‘tkazilgan bahsda Chxve Min Jon finalda ishtirok etgan barcha raqiblaridan yuqori natija qayd etib, chempionlik nashidasini surdi. Ikkinchi natijani ko‘rsatgan xitoylik Li Tszinyuy kumush, kanadalik Kim Buten esa bronza medali bilan taqdirlandi.
Short-trek. Ayollar, 1500 metr
1. Chxve Min Jon (Janubiy Koreya)
2. Li Tszinyuy (Xitoy)
3. Kim Buten (Kanada)
Fikrlar