Pxyonchxan-2018: Qisqa dasturdan so‘ng 15 yoshli rossiyalik qiz etakchilik qilmoqda

CHERY AUTO

Bugun Pxyonchxan Olimpiadasida figurali uchish bo‘yicha ayollar o‘rtasida qisqa dastur bo‘yicha bellashuvlar o‘z yakuniga etdi. 

Tecno

Eng sara figurachi qizlar jam bo‘lgan bahsda ikki nafar rossiyalik olimpiadachi atletlar jamoasi vakilalari etakchilik qilishmoqda. Dastlab chiqishdan so‘ng 15 yoshli Alina Zagitova ajoyib chiqishi evaziga qisqa dasturda eng yuqori ballni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi – 82,92. Bu Alinaning faoliyati davomida qisqa dasturlarda to‘plagan eng yaxshi balli hisoblanadi. 

Undan keyingi natija jamoaviy bellashuvda qisqa dastur bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan boshqa bir rossiyalik sportchi Evgeniya Medvedevaga tegishli bo‘ldi. Evgeniyaning to‘plagan ballari 81,61ni tashkil qilmoqda. 

Kuchli uchlikni kanadalik Keytlin Osmond band etgan. Ushbu sportchi 78,87 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Sportchilar yana 2 kundan so‘ng erkin dasturda o‘z chiqishlarini namoyish qilishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!