Pxyonchxan-2018: Rossiyalik xokkeychilar AQSh termasini tor-mor qildi

CHERY AUTO

Bugun Pxyonchxan Olimpiadasida xokkey bo‘yicha guruh bosqichining so‘nggi tur bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Biroza avval erkaklar o‘rtasida "V" guruhidan o‘rin olgan Rossiyalik olimpiadachi atletlar va AQSh terma jamoasi o‘rtasidagi bahs yakuniga etdi. 

Tecno

Keskin va murosasiz kechgan bellashuvda rus xokkeychilari yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini naqd qilishdi. Raqib darvozasiga Ilya Kovalchuk hamda Nikolay Proxorkin 2 tadan shayba kiritib, kun qahramoni bo‘ldilar. Guruhdagi ikkinchi qarama-qarshilikda Sloveniya termasi slovakiyalik raqiblarini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!