Pyotr Yan Yadong Song bilan jang oldidan kuchli raqib bilan sparing o‘tkazdi

  • 25 yanvar, 2024, 21:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

 Mashhur rossiyalik MMA jangchisi, o‘ta engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Pyotr Yan(16-5) "UFC 299" turnirida bo‘lib o‘tadigan xitoylik Yadong Song(21-7-1-1 N/C) bilan jangga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Tecno

Internetda Pyotr Yan yarim engil vazn toifasida UFC chempioni avstraliyalik Aleksandr Volkanovski bilan boks bo‘yicha sparring o‘tkazayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. 30 yoshli Pyotr Yan aralash yakkakurashlarda jami 21 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alaba qozongan va 5 tasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.Rossiyalik jangchi 2018 yilda Dana Uaytning promoushinida debyut qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Yan oxirgi jangida gruziyalik  Merab Dvalishviliga yutqazib qo‘ygandi. Bu mag‘lubiyat rossiyalik jangchi uchun qatorasiga uchinchisi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!