"Qariya" "Chelsi"da qoladigan bo‘ldi
Londonning "Chelsi" klubi argentinalik darvozabon Villi Kabalero bilan shartnomani uzaytirish huquqidan foydalanib, uni yana bir yilga uzaytirdi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, endi 38 yoshli posbon 2021 yilning yozigacha “aristokratlar” sharafini himoya qiladi. Tomonlarning avvalgi kelishuvi yana bir oydan so‘ng o‘z nihoyasiga etar edi.
Kabalero joriy mavsum “Chelsi” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 14 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar