
Qariya “Manchester Yunayted”ni sotib olishga qaror qildi
Britaniyalik millarder Jim Retkliff “Manchester Yunayted” klubi sotuvga qo‘yiladigan bo‘lsa, uni sotib olish niyatida ekanini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sky Sports nashri.
Boshlanishiga Retkliff klub aktsiyalarining ma’lum qismini sotib olmoqchi. Chunki Angliya matbuotida “Manchester Yunayted”ga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi aktsiyalarning bir qismini sotuvga qo‘yish orqali klubga sarmoya jalb qilmoqchiligi haqida xabarlar chiqqan edi.
69 yoshli Jim Retkliff Buyuk Britaniyaning eng badavlat odami hisoblanadi. U ancha baquvvat hisoblangan Ineos Group Ltd kompaniyasining bosh direktori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Bu millarder 2019 yili 100 million evroga Frantsiyaning “Nitstsa” jamoasini sotib olgan edi. Shuningdek, Shveytsariya chempionati vakili “Lozanna” ham Retkliffning mulki hisoblanadi.
Fikrlar