
Qarzlar girdobida qolib ketgan sportchi !!!
Rossiyalik sobiq UFC jangchisi Aleksey Oleynik Federal soliq xizmatidan (FNS) qariyb 3 million rubl qarzdor. Bu o‘zbek so‘mida 419 mln. 291 mingni tashkil qiladi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Aleksey bir oydan ortiq vaqt davomida qarzini to‘lamagan.
Eslatib o‘tamiz, Oleynik MMA dagi faoliyati davomida jami 80 ta jang o‘tkazgan. Mashhur sportchi hisobida 61 g‘alaba va 18 mag‘lubiyat bor. Oleynik ishtirokidagi bir jang durang bilan yakunlangan. U 2014 yilning yozidan 2022 yilning kuzigacha UFC da ishtirok etgan.
Fikrlar