
Qatar - O‘zbekiston: Qaysi terma jamoa qimmatroq?
"JCh-2026" saralashi Osiyo mintaqasi 5-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Qatar maydoniga safar qiladi.
Ayni vaqtda "A" guruhida forslar bilan bir xil ochko to‘plagan (10) va faqatgina to‘plar nisbatiga ko‘ra ikkinchi o‘rinda bo‘lib turgan O‘zbekiston terma jamoasi 4 ochko bilan 4-pog‘onada borayotgan Qatar bilan bahs olib boradi.
Qayd etish lozim, ayni vaqtda O‘zbekiston terma jamoasining "Transfermarkt" portalidagi bahosi 37,05 million evroni tashkil qiladi. Vakillarimiz safida eng qimmat futbolchi Abbosbek Fayzullaev (6 million evro) hisoblanadi.
Qatar termasining "Transfermarkt"dagi bahosi 20,18 million evro va ularning tarkibidagi eng qimmatbaho o‘yinchi Akrom Afifdir.
Fikrlar