Qatardagi legionerimiz Superligaga qaytmoqda

  • 21.07.2023 14:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘tgan yili yozda Qatarning “Al-Xor” klubiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Baxtiyor Qosimovning u erdagi bir yillik faoliyati yakuniga etdi.

Jamoasi bilan shartnomasi nihoyasiga etgan Qosimovning oldida qator variantlar bor.. Bu borada futbolchining o‘zi Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevga O‘zbekistonga qaytayotganini ma’lum qildi.

Ayni paytda Baxtiyorga Superliganing bir qator jamoalaridan aniq takliflar kelib tushgan. Yarim himoyachi tez orada Superliga jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.

P.S. Yaqin vaqtlar ichida Sports.uz saytida Baxtiyor Qosimov bilan suhbatni o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!