Qaydanam oldik seni?! “Real” mashhur futbolchisidan norozi
Madridning “Real” klubi rahbariyati yozda jamoa tarkibiga kelib qo'shilgan angliyaning oʻng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldning faoliyatidan umuman qoniqmayapti.
Jurnalist Jeyms xabariga koʻra, uzoq kutilgan oʻyinchining “Qirollik klubi”dagi faoliyati muvaffaqiyatsiz baholanmoqda va buning oʻziga yarasha sabablari bor.
Xususan, klubda Trentning mashgʻulotlarga munosabati hamda oʻyinlar davomidagi eʼtibori va diqqatni jamlashi bilan bogʻliq muammolar bor, deb hisoblashmoqda. Hozircha Trentga yana bir oz vaqt berilishi mumkin, biroq kelajakda uni sotish varianti ham istisno qilinmayapti.
Shuningdek, futbolchining agentligi allaqachon “Manchester Siti” bilan aloqa oʻrnata boshlagani qayd etilmoqda.
27 yoshli Trent “Real”ga Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul”dan koʻchib oʻtgan. U ispaniyaliklar safida barcha musobaqalarda 11 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma bergan.

Fikrlar