Qilichbozlarimiz Jahon kubogi bahslariga yo‘l oldi

CHERY AUTO

Joriy hafta yakunida qilichbozlarimizni yana bir nufuzli musobaqa kutib turibdi. 17-19 yanvar kunlari Bahrayn poytaxti Manama shahrida shpaga yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Bugun mazkur turnirda qatnashadigan o‘zbekistonlik qilichbozlar Manamaga jo‘nab ketishdi. Musobaqada quyidagi 10 nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib boradi:

Yigitlar: Saidbilol Alimov, Vadim Bagautdinov, Ahmadjon Fayziev, Asilbek Ibodullaev, Meyirxan Timurov, Iskandar Turishev, Ozodbek Zaynobiddinov;

Qizlar: Aziza Hamidova, Dilnaz Murzataeva, Sanam Nazarova.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!