Qilichbozlarimizning jahon chempionati uchun tarkibi va musobaqa dasturi bilan tanishing

  • 20 iyul, 2023, 11:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘lida eng yirik reyting ochkolarini taqdim qiladigan ushbu dunyo birinchiligida 158 mamlakatdan 1000 dan ziyod qilichboz g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi ham bo‘lib, yurtdoshlarimiz Apennin yarim oroliga katta tarkibda yo‘l olgan. Musobaqa dasturi va hamyurtlarimizning chiqishi haqidagi ma’lumot quyidagicha:

Tecno

22 iyul:
Saralash: ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida.
Tarkibimiz: Malika Hakimova, Sevara Rahimova, Shahzoda Egamberdieva, Dilnaz Murtazoeva / Sherzod Mamutov, Zuhriddin Qodirov, Islombek Abdazov, Musa Aymuratov.

23 iyul:
Saralash: ayollar rapira, erkaklar shpaga qurolida.
Tarkibimiz: Umida Ilyasova / Fayzulla Alimov, Javohir Nurmatov, Nodirbek Mo‘minov, Meyrxan Timurov.

24 iyul:
Saralash: ayollar sablya, erkaklar rapira qurolida.
Tarkibimiz: Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibaeva, Paola Pliego, Fernanda Errera / Muhammad Yusuf Asranov, Ahmudilloxon Solixojiev, Ilyas Molina, Doniyor Sa’dullaev.

25 iyul:
Pley-off bosqichi: ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida

26 iyul:
Pley-off bosqichi: ayollar rapira, erkaklar shpaga qurolida

27 iyul:
Jamoaviy saralash: ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida
Pley-off bosqichi: ayollar sablya, erkaklar rapira qurolida (yakkalik)

 

28 iyul:
Jamoaviy saralash: erkaklar shpaga, ayollar rapira qurolida
¼, ½ final va final: ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida

29 iyul:
Jamoaviy saralash: ayollar sablya, erkaklar rapira
¼, ½ final va final: ayollar rapira, erkaklar shpaga qurolida

30 iyul:
¼, ½ final va final: ayollar sablya, erkaklar rapira qurolida

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!